Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining qo‘shma yig‘ilishi va 31-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining qo‘shma yig‘ilishi doirasida Kengashning navbatdagi 31-sessiyasi o‘tkazildi.

🌏 Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.X. Eshmuratov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi G.A. Agzamova va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi a’zosi

O.I. Litvinova, shuningdek shahar va tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi B.T. Rahmankulov, tuman prokurori Z.R. Ziyadullayev, tuman IIO FMB boshlig‘i Sh.A. Miliyev, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i R.M. Ashirmatov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🌏 Sessiya kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

— Yashnobod tumanida 2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning profilaktikasi holati hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorining tumandagi ijrosi;

— Yashnobod tumanida 2026-yil 1-chorak davomida mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi, undirilishi hamda soliq qarzdorligi holati;

— Yashnobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2026-yil 1-chorak yakuniga qadar amalga oshirilgan ishlar;

— Yashnobod tumani hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larining 2026-yil 1-chorakdagi sarflanishi;

— Yashnobod tumani mahalliy budjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish masalalari.

🌏 Kun tartibi g‘oyat tig‘iz bo‘lishiga qaramay, barcha masalalar yuzasidan konstruktiv muloqot va muhokama o‘tkazildi. 

Yakunda ko‘zlangan maqsadlarga erishishga qaratilgan qat'iy qarorlar qabul qilindi. Endilikda asosiy e’tibor ushbu qarorlarning amaliyotdagi ijrosiga qaratiladi.

Slide 1 of 1