Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
янв.21
#O‘RGANISH
янв.21
#oylik_reja
янв.21
Hududlarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash – ustuvor vazifamiz”
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI YUZASIDAN JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Parkent tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Jumladan, tuman Kengashining 2026-yil 26-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tumandagi og‘ir mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida shakllantirilgan manzilli ro‘yxatni
tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Parkent tumani “Soy” MFYdagi “Tambalak” ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilib, ichki yo‘llarning holati yaxshilandi. Mazkur ishlarning sifatli va belgilangan tartibda
bajarilgani yuzasidan hudud deputati Xikmatova Marhabo Sulxonberdi qizi tomonidan joyiga chiqib jamoatchilik nazorati o‘tkazildi. Nazorat jarayonida aholi bilan bevosita muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Suhbat davomida fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari uchun minnatdorlik bildirilib, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda hududlarda yaratilayotgan qulayliklardan mamnun ekanliklari ta’kidlandi. 

Slide 1 of 3