Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
Aholi murojaatlari — deputatlar diqqat markazida

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Doniyor Isxakov Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Rasulov bilan hfmkorlikda 2026-yilning birinchi choragida olib borgan faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashib, axborot taqdim etdilar. 

Mazkur uchrashuv 25-Qatortol saylov okrugiga qarashli “Xalqlar do‘stligi” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi.

Deputatlar o‘z chiqishlarida hisobot davrida Kengash sessiyalari hamda tegishli yo‘nalishlardagi doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol qatnashganini ta’kidlab, unda poytaxtni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlarini tizimli hal etishga qaratilgan qator takliflar ilgari surilganini qayd etdilar.

Uchrashuv davomida hududda mavjud dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini takomillashtirish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, bolalar maydonchalarini barpo etish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va hududni obodonlashtirish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlardagi muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish hamda fuqarolar bilan ochiq va muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi hamda deputatlik nazorati ta’minlanishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 4