Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 Kitob sovg‘asi – kelajak uchun sarmoya
янв.21
#JARAYON
янв.21
♻️17-okrug deputati Mirzaahmedova Yorqinoy hududdagi Tibbiyot Birlamasining filialini borib, mavjud holatni o‘rgandi.
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
#Deputat_mahallada
янв.21
📌 Hududdagi xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashing navbatdagi 28-sessiyasi 2026-yilning 8-may kuni Zangiota tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tadi.
янв.21
“Har bir fuqaroning dardi biz uchun muhim. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifalarimizdan biri. Aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘ramiz
янв.21
Sortepa MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja
Hamkorlik davom etmoqda: navbatdagi manzil — Navro‘z mahallasi

Hamkorlik davom etmoqda: navbatdagi manzil — Navro‘z mahallasi

Mahalla uyushmasi vakillari hamda deputatlar hamkorligida hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar izchil davom etmoqda. Navbatdagi manzil sifatida Navro‘z mahallasi tanlanib, mahalla “yettiligi” faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov tuman Kengashi deputatlar Sh.Norsayev, G.Shafoatova va O‘zbekistom Mahallalari uyushmasining Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i R.Alixanov hamkorligida olib borilayotgan o‘rganishlar jarayonida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori hamda boshqa mas’ullar tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan olib borilayotgan manzilli ishlar hamda mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazilib, hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar nazoratga olindi.

Deputatlar va mas’ul rahbarlar hamkorligidagi o‘rganishlar navbatdagi hududlarda ham davom ettiriladi.

Slide 1 of 4