Yangiliklar

Deputat tomonidan oilaviy shifokorlik punkti rekonstruksiya ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 16-Andijon saylov okrugidan saylangan deputat D.Kuchiboyev tomonidan Andijon mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punktida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishildi.
O‘rganish jarayonida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, ularning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi, shuningdek, tibbiyot muassasasida aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur rekonstruksiya ishlari hudud aholisiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3