Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini o‘rganish maqsadida tumandagi 40-maktabda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida maktab binosi ta’mirtalab ahvolda ekanligi, o‘quvchilar 1,8 koeffitsiyentda ta’lim olayotgani aniqlandi. Shuningdek, sinfxona yetishmasligi,sport zali, laboratoriya va kutubxona sharoiti talab darajasida emasligi, isitish tizimi, suv va sanitariya holati qoniqarli emasligi kuzatildi.
Mazkur holat “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi, 9-moddasi, 34-moddasi talablari ta’minlanmayotgani ko‘rsatmoqda.
Xususan, 9-moddaga muvofiq, ta’lim muassasada o‘quv jarayoni xavfsiz, sanitariya talabiga javob beradigan hamda yetarli shart-sharoitlarda tashkil etilishi lozim. Amalda esa bu talab bajarilmayotgani ma’lum bo‘ldi.
Shu munosabat bilan deputat tomonidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilishi rejalashtirildi.