Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati mudiri Mastura Salimova Do‘stlik mahallasida “Yashil makon” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, ekilgan daraxtlarning parvarishi, sug‘orish tizimi hamda hududning umumiy ozodaligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot jarayonida mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda ekologik muhitni yanada yaxshilash borasida aniq vazifalar belgilab olindi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Shirin_Kengash)