💠Xususan, Mataryop aholi punkti hududidagi Guldasta-8 ko‘chasida istiqomat qiluvchi 11 ta xonadon egalari yomg‘irli kunlarda ko‘chaga kirib-chiqish imkoniyati yo‘qligi sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
💠Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan Amudaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Kamalov nomiga deputat so‘rovi yuborildi. Unda ko‘chaga shag‘al-qum (SHPS) yotqizish orqali yo‘l holatini yaxshilash va fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi.