Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏗 Tuman Kengashi deputati F. Radjabova o‘z saylov okrugi hududida qurilayotgan ko‘pqavatli turarjoy binolarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
янв.21
#Oʻrganish
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
Haftalik dayjest
янв.21
#Deputat_faoliyati
янв.21
🔰Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 8-saylov okrugidan saylangan deputat N. Muxitdinova "Sortepa" va "Eski qalʼa" mahallalari aholisi bilan muloqot o‘tkazdi.
янв.21
#Deputat_so’rovi #ijobiy_natija
янв.21
#Oʻrganish
янв.21
📉Xalq deputatlari tuman Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
📔Zangiota tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E. Rustamov O‘rtaovul hududida sayyor qabul o‘tkazdi.
Deputat tashrifi: kutubxonalar faoliyati o‘rganildi

12-Zarafshon saylov okrugi deputati A. Abdumuratov Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasidagi kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida kutubxonadagi adabiyotlar fondi, talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, zamonaviy axborot-resurslari, elektron kitoblar bazasi va kutubxona xizmatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan ta’lim muassasasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish hamda yoshlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda kutubxonalar muhim o‘rin tutadi!

Slide 1 of 2