Yangiliklar

Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Ilhom Mamatqulov o‘z saylov okrugidagi “Bog‘zor” hamda “Oqtepa” mahallalari faollari va yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda Chilonzor tumani hokimining o‘rinbosari Mirzohid Kamilov ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish hamda ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Shuningdek, deputat tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qish xarajatlarini qoplab berish yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

Mazkur uchrashuv mahalla faollari va yoshlar bilan ochiq muloqot ruhida o‘tib, ularning taklif va tashabbuslari kelgusidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 7