Yangiliklar

Aholi murojaatlari o'rganilmoqda

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovichning ishonchli vakili M. Tursunova tumanning “Kichik Xirmontepa” mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

 Jumladan, ishga joylashish masalasi bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish uchun mas’ullar nazoratiga olindi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda ijobiy yechim topishga ko‘maklashish ishlari izchil davom ettirilmoqda.