Yangiliklar

Aholi muammosi hal etildi.

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari M.Aynashova tumanning “Pargos” mahallasi fuqarolari bilan o‘tkazgan uchrashuvda aholi tomonidan Sarkarda (https://t.me/bust_kengash/7392), Muvaffo va Yenke ata ko‘chalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotganligi ma’lum qilingan edi.

🔹Deputat tashabbusi bilan bugun ushbu ko‘chalarda istiqomat qiluvchi 150 ta xonadonlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida mas’ul korxona tomonidan yangi transformator o‘rnatib berildi.

Slide 1 of 2