🔹Xalq deputatlari shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov tomonidan Jizzax shahridagi 11-20-22- sonli DMTTlarida qurilish pudrat tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari, nazorat tartibida o‘rganib chiqildi.
🔹Ushbu o‘rganish natijalariga ko‘ra, qurilish ishlarida loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan ish turlaridan chetga chiqish, sifatsiz va eski qurilish materiallaridan foydalanish. Shuningdek, qurilish materiallarining o‘lchovlariga rioya qilmaslik holatlari aniqlandi.
🔹Yuqoridagi o‘rganishlar davomida aniqlangan bir qator kamchiliklar yuzasidan, qurilish pudratchi tashkilotlari mutasaddilariga ularni bartaraf qilinishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi hamda bajarilishi bo‘yicha deputatlik nazoratiga olindi.