Yangiliklar

Xatirchi tumani Maydon mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida muhim loyiha amalga oshirildi.

 Xatirchi tumani Maydon mahallasida xotin-qizlar
bandligini ta’minlash borasida muhim loyiha amalga oshirildi. 

Xatirchi tuman hokimi Umidjon Adizov Xalq
deputatlari tuman Kengashining 1-“Zarafshon” saylov okrugidan saylangan deputat
sifatida mahallada bo‘lib, 52-sonli maktabda tashkil etilgan tikuvchilik sexi
faoliyati bilan tanishdi. 

Mazkur maktabda xotin-qizlar bandligini ta’minlash
maqsadida tikuvchilik sexi tashkil
etildi. Natijada 25 nafar ishsiz xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘lib,
ularning bandligi ta’minlanadi. 

Shuningdek, ushbu sex negizida maktabda dual
ta’limni yo‘lga qo‘yish imkoniyati ham yaratildi. Endilikda o‘quvchi-qizlar
amaliyot asosida kasb-hunarga o‘rgatilib, kelajakda mustaqil mehnat faoliyatini
boshlashlari uchun mustahkam zamin yaratiladi. 

   

Slide 1 of 2