Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati N.Rustamova, tuman Kengashi deputatlari O.Tilavov va T.Lutfullayev, shuningdek tuman hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi F.Bozorov ishtirokida tumandagi 1-son politexnikumda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida ularga o‘z bilim va salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati