Yangiliklar

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari Jaro'rg'on tuman Kengashi deputati R.Davlatov, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari bilan birgalikda Kengashning haftalik ish rejasiga asosan "O'zbekiston" mahallasida "Deputat va Mahalla yettiligi hamkorligi" doirasida yettilik bilan uchrashuv olib bordi

Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish, o‘zaro hamkorligini mustahkamlash maqsadida “O'zbekiston” mahallasida yettilik bilan uchrashib, "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha" belgilangan tavsiyalar asosida o'rganish o'tkazdi. 

Tadbirda mahallalarda faoliyat yuritayotgan “yettillik” a’zolarining ishlari bilan yaqindan tanishib, ularning aholi muammolarini o‘rganish va joylarda samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyatini o‘rgandilar.

Shuningdek, uchrashuvdan so‘ng mahalla aholisi tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, daromad manbalarini kengaytirish masalalari yuzasidan joylarda olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar va o‘rganishlar joylarda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, hududiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni samarali hal etishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tumani Kengashi

Slide 1 of 9