#DEPUTATLIK_SOROVI_JAVOBI
Moxichexra Nurmanovaning so‘roviga (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12244) tumani hokimi o'rinbosari U.Quvatovdan javob olindi.
M.Nurmanovaning 2026-yil 19-fevraldagi 13-ds-377-26-sonli deputat so‘roviga asosan tuman hokimligi tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasi hududida joylashgan 39-sonli DMTT o‘rganib chiqildi.
O'rganish natijasida, deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan 39-sonli DMTT binosini mukammal ta’mirlash hamda qo‘shimcha bino qurish ishlari uchun kelgusi yillarda davlat dasturlari yoki ortirilgan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilanganligi ma'lum qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)