Yangiliklar

Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz–qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi.

        Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz–qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi.

        Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati O.Gaziyev Qorovultepa mahalla fuqarolar yig‘inining mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda aholini kuz-qish mavsumida ko‘mir bilan ta’minlash yuzasidan kelayotgan murojaatlarga alohida e’tibor berilib, ijobiy hal qilish bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

       Shuningdek, deputat mahallada joylashgan maktab, bog‘cha, tibbiyot punkti kabi ijtimoiy soha obyektlarining kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.

Slide 1 of 6