O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Z.Zoxidon va xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati D.Xamraqulovlar birgalikda Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, Mahalladagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni hal etish choralarini belgilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha yettilik faoliyati bilan tanishishdi.
Shuningdek, saylovchilarning taklifiga asosan, Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida maktab yo‘qligi hamda 3-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yon qismida joylashgan bo‘sh maydonga maktab qurish bo‘yicha deputatlar joyiga chiqib o‘rganishdi. Mazkur masala yuzasidan tegishli vazirlik, tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar tashkillanishini bildirishdi.