Sessiya ishida shahar Kengashi raisi va deputatlari, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyada kun tartibiga kiritilgan bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya davomida masalalar yuzasidan masʼullar axborot va hisobotlar bilan chiqish qildi, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.