Yangiliklar

Hudud muammolari joyida o‘rganildi.

 Hudud muammolari joyida o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Ochilov tomonidan mahallada o‘rganish ishlari olib borildi. 

Tashrif davomida Toshmachit mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Ayniqsa, mahalladagi ustachilik faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ustalarning mehnati, yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlar muhokama qilindi. 

Mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida hal etish, mahalla rivojini ta’minlash hamda bandlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3