Yangiliklar

Do‘stlik tumanida “Salomatlik uchun 5000 qadam” tadbiri o‘tkazildi

Do‘stlik tumanida “Salomatlik uchun 5000 qadam” tadbiri o‘tkazildi

Do‘stlik tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Kultayeva, deputatlar B.Muxtorov, J.Ergashevlar hamda yoshlar va keng jamoatchilik ishtirokida “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy sog‘lomlashtirish tadbiri tashkil etildi. 

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda yoshlarni sportga keng jalb etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida ishtirokchilar belgilangan masofani piyoda bosib o‘tib, sog‘lom hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashlarini namoyon etdilar.  

Bunday ommaviy tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash, jamoatchilik o‘rtasida hamjihatlik va faollikni oshirishga xizmat qilmoqda.

https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman

Slide 1 of 13