Yangiliklar

Янгилик

DEPUTAT, MAHALLA VA MAKTAB HAMKORLIGI.

 Bugun tumanimizning Urganji mahallasida tashkil etilgan "Deputat va saylovchilar uchrashuvi" tadbiridan soʻng bir guruh Urganjilik nuroniylarimiz bilan oʻzaro kelishib hududdagi 9 - sonli umumtaʼlim maktabining yuqori sinf oʻquvchilari bilan samimiy suhbatlashdik. 

  Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan mazkur suhbatda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Qurbanov, maktab direktori N. Xushnazarova, MFY raisi U. Pirnazarov, mahalla nuroniylari vakillari ishtirok etdilar. Bundan tashqari ulugʻ ayyom munosabati bilan Urganji mahallasining yurtparvar, fodoiy oqsoqoli va yoshlar murabbiysi Xoshimjon ota Xushnazarov xonadonlariga tashrif buyurib u kishining qimmatli maslahat va duolarini oldik. 

  

                     Hasanboy Xoliqov.

Tuman Kengashi deputati.

Slide 1 of 2