Yangiliklar

Zarkent mahallasida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.

 Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati M.Meliboyev Zarkent mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Toshloq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif davomida hududda olib borilayotgan ko‘cha va yo‘laklarni ta’mirlash hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.  

Shuningdek, mas’ullar bilan suhbatlashilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. 

   

Slide 1 of 3