Oʻrganishda, ariq ichida maishiy chiqindilar to‘planib qolgani, uning ayrim qismlari xonadonlar hududidan o‘tishi sanitariya va xavfsizlik nuqtai nazaridan noqulayliklar keltirib chiqarayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ochiq joylarda joylashgan ko‘priklarning ayrimlari nosoz holga kelib qolgani qayd etildi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida Sirdaryo–Soʻx irrigatsiya tizimlari havzasi boshqarmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi rahbari F. Tursunov nomiga aloqa xati yuborishga kelishildi.
Muammo to‘liq bartaraf etilgunga qadar mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.