Yangiliklar

Saylovchilar mupolaati o‘rganildi

    Guliston tumani, “Alisher Navoiy” mahallasi, Guzar ko‘chasida yashovchi fuqaro Rustam Eltoyevning ichimlik suvi quvurlaridagi nosozlik bo‘yicha qilgan murojaati zudlik o‘rganildi. 

O‘rganish davomida nimalar Mahalla raisi S.Eltoyeva va tuman Kengashi 11-A.Navoiy saylov okrugidan deputat B. Sangilova ishtirokida o‘tkazilgan ko‘rik natijasida asosiy suv tarmog‘ining 60 metr qismi yorilgani natijada ichimlik suvi isrof bo‘layotgani, suv sifati yomonlashib, loyqalanish holati yuzaga kelgani aniqlandi.  

    Muammo yechimi bo‘yicha amaliy qadamlar Viloyat Kengashi deputati J.Komilov masala yuzasidan tuman “Suvoqova” bo‘limi boshlig‘i bilan bog‘landi. 

    Tuman “Suvoqova” bo‘limi tomonidan qisqa fursatda ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Ishlar yakunlangach, ijro holati bo‘yicha fuqaro va deputatlarga qayta ma’lumot beriladi. 

   

Slide 1 of 3