Yangiliklar

Tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi

 📌Saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar hamda Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati xodimlarining vazifalar taqsimotiga muvofiq tasdiqlangan hamkorlik grafik jadvali asosida deputat K.Muhammadiyev tumandagi “Zarabod” mahallasida joylashgan 45-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati, shifokorlar faoliyati, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta'minlash holatlari va mavjud sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

 🏥Poliklinika xodimlari va fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida mavjud muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda choralar ko‘rish belgilandi.

 ✅ Mazkur o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 2