Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Deputat fuqarolar bilan “Tashabbusli budjet” masalalarini muhokama qildi.
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi!
янв.21
ududdagi chiqindi xizmatlari o‘rganildi.
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Deputat o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat o‘rganuv o‘tkazdi.
янв.21
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligi uchun xavfsiz ekologik muhit yaratish va tabiatni asrash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining “Milliy Tiklanish” partiyasidan saylangan deputatlari — 6-«Bog‘chilik» saylov okrugi deputati H. Isroilova hamda tumani Kengashi deputati O. Boyjanova “Cho‘liguliston” mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
янв.21
Zafarobod tumani “Pistalikent” mahallasida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida sayyor qabullar va ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI



Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati N.Akbarova tomonidan yuborilgan deputat so‘roviga asosan Marg‘ilon shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari – davlat tili bo‘yicha maslahatchisi tomonidan batafsil yozma javob taqdim etildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarda shaharda “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishning davlat tilida olib borilishi, tashqi yozuvlar, peshlavhalar, ko‘rsatkichlar va reklama vositalarining qonun talablariga muvofiqlashtirilishi yuzasidan olib borilgan monitoring natijalari batafsil yoritilgan.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan yuborilayotgan deputat so‘rovlari ijrosi ustidan nazorat o‘rnatish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 5