Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Deputat fuqarolar bilan “Tashabbusli budjet” masalalarini muhokama qildi.
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi!
янв.21
ududdagi chiqindi xizmatlari o‘rganildi.
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Deputat o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat o‘rganuv o‘tkazdi.
янв.21
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligi uchun xavfsiz ekologik muhit yaratish va tabiatni asrash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining “Milliy Tiklanish” partiyasidan saylangan deputatlari — 6-«Bog‘chilik» saylov okrugi deputati H. Isroilova hamda tumani Kengashi deputati O. Boyjanova “Cho‘liguliston” mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
янв.21
Zafarobod tumani “Pistalikent” mahallasida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida sayyor qabullar va ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Deputatlik so‘rovi orqali Shayxontohur tumanidagi sug‘orish tizimi muammosi ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Deputatlik so‘rovi orqali Shayxontohur tumanidagi sug‘orish tizimi muammosi ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umidjon Sanakulov tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida Shayxontohur tumani hokimi A.Y. Abubakirov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🌿 Deputatlik so‘rovi Shayxontohur tumani “Ibn Sino” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida tayyorlandi. Uchrashuvlarda mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan sug‘orish tizimlari uzoq yillardan buyon ishlamayotgani, buning oqibatida yashil hududlarni parvarishlashda jiddiy muammolar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

💧 O‘rganishlar davomida “Yashil makon” loyihasi doirasida o‘rnatilgan sug‘orish quvurlari bugungi kunda nosoz holga kelgani va ulardan foydalanishning imkoni yo‘qligi aniqlandi. Natijada mahalla aholisi daraxtlar, ko‘chatlar hamda ekin maydonlarini sug‘orishda katta qiyinchiliklarga duch kelayotgani, suv tanqisligi sababli ayrim o‘simliklarning qurib qolish holatlari kuzatilayotgani ma’lum bo‘ldi.

📝 Mahalla fuqarolar yig‘ini raisining ma’lum qilishicha, ushbu muammo yuzasidan tegishli tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilingan bo‘lsa-da, hozirga qadar amaliy choralar ko‘rilmagan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Umidjon Sanakulov tomonidan Shayxontohur tumani hokimi A.Y. Abubakirovdan “Ibn Sino” mahallasidagi buzilgan va eskirgan sug‘orish tizimlarini ta’mirlash hamda qayta tiklash, sug‘orish infratuzilmasini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish, uni modernizatsiya qilish bo‘yicha aniq muddatli reja ishlab chiqish hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatda yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Mazkur deputatlik so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida yuborilgan bo‘lib, ko‘tarilgan masala deputat Umidjon Sanakulov tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1