Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasida belgilangan vakolatlar doirasida navbatdagi tizimli nazorat-tahlil tadbirlari amalga oshirildi.
💬Shu munosabat bilan, Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limida shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan dolzarb masala yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.
💬Tadbir davomida moliya bo‘limi rahbarining mahalliy budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi va quyidagi yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi:
🟢Budjet daromadlari ijrosi: Joriy davrda mahalliy budjet daromadlarining belgilangan reja asosida shakllantirilishi va tushumlarning o‘z vaqtida ta’minlanishi holati;
🟢Qo‘shimcha rezervlarni aniqlash: Shaharning bugungi iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, mahalliy budjet daromadlarini oshirishning hali foydalanilmagan qo‘shimcha manbalari (rezervlari) va ularni safarbar etish choralari;
🟢Mablag‘lardan samarali foydalanish: Qo‘shimcha manbalar hisobidan shakllanadigan mablag‘larni shahardagi eng ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarga, infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirish mexanizmlari.
💬Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan holatlar va mavjud imkoniyatlar yuzasidan moliya bo‘limi mutasaddilariga budjet tushumlarini ko‘paytirish hamda soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
🫥O‘rganish yakunlari bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan tayyorlangan tahliliy xulosalar va aniq takliflar navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida atroflicha ko‘rib chiqiladi hamda shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladi.