Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Deputat fuqarolar bilan “Tashabbusli budjet” masalalarini muhokama qildi.
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi!
янв.21
ududdagi chiqindi xizmatlari o‘rganildi.
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Deputat o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat o‘rganuv o‘tkazdi.
янв.21
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligi uchun xavfsiz ekologik muhit yaratish va tabiatni asrash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining “Milliy Tiklanish” partiyasidan saylangan deputatlari — 6-«Bog‘chilik» saylov okrugi deputati H. Isroilova hamda tumani Kengashi deputati O. Boyjanova “Cho‘liguliston” mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
янв.21
Zafarobod tumani “Pistalikent” mahallasida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida sayyor qabullar va ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Zomin tuman Kengashi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Tojiqulov hamda viloyat Kengashi deputati O.Mamatqulov tomonidan Xalq deputatlari Zomin tuman Kengash kotibiyati faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Kengash kotibiyati faoliyatini samarali tashkil etish, doimiy komissiyalar ishini faollashtirish, tasdiqlangan ish rejalari ijrosini ta’minlash, deputatlarning saylovchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish, navbatdagi sessiyalar uchun materiallarni sifatli tayyorlash hamda qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Kengash faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, hujjatlar yuritilishi va deputatlik nazoratini yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash hamda jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4