35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish masalasi o‘rganildi.
янв.21
Deputat fuqarolar bilan “Tashabbusli budjet” masalalarini muhokama qildi.
янв.21
Deputat so‘rovi natija berdi!
янв.21
ududdagi chiqindi xizmatlari o‘rganildi.
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Deputat o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat o‘rganuv o‘tkazdi.
янв.21
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligi uchun xavfsiz ekologik muhit yaratish va tabiatni asrash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining “Milliy Tiklanish” partiyasidan saylangan deputatlari — 6-«Bog‘chilik» saylov okrugi deputati H. Isroilova hamda tumani Kengashi deputati O. Boyjanova “Cho‘liguliston” mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
янв.21
Zafarobod tumani “Pistalikent” mahallasida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida sayyor qabullar va ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
BAHRIN MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 7-Bahrin saylov okrugi deputati M.Raimdjanov tomonidan Bahrin mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaga biriktirilgan soliq inspektori tomonidan zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati tahlil qilinib, soliq ma’murchiligini takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash va aholi o‘rtasida soliq madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–684-son Qonuni ijrosi doirasida davlat mablag‘laridan maqsadli, samarali va shaffof foydalanish, ajratilgan moliyaviy resurslarning belgilangan yo‘nalishlarda o‘zlashtirilishi hamda qonun talablari asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham o‘rganish olib borildi.

O‘rganishlar davomida hududda aholining bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi ham joyiga chiqib o‘rganildi. Jumladan, Mustaqillik ko‘chasi 1-uyda istiqomat qiluvchi Qosimov Elyorbek Yulbarsovichga nonvoychilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ajratilgan 10 million so‘mlik kreditning o‘zlashtirilishi va faoliyat holati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, Navoiy ko‘chasi 342-uyda yashovchi Mamadaliyev Ilhomjon Erkinjon o‘g‘li hamda Mamadaliyev Doniyorjon Erkinjon o‘g‘li tomonidan oilaviy tadbirkorlik asosida varaqi somsa tayyorlash va sotish faoliyatini rivojlantirish uchun ajratilgan 35 million so‘mlik kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi, faoliyatning bugungi holati va yaratilgan ish o‘rinlari o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida muntazam monitoring qilib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6