✨Yig‘ilishda “Tashabbusli budjet jarayonlari uchun 2026-yilda Zangiota tumani mahalliy budjetida rejalashtirilgan mablag‘larga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.
✨Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi 280-sonli qarori bilan “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi.
✨Mazkur masalani Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.