Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 14-“Andijon” saylov okrugi deputati “Adolat” partiyasi a’zosi U.Mirzakalonov, J.Kamolxodjayev, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 2026-yil 19-iyundagi “Bekobod shahrida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori joyiga chiqib o‘rganildi. Shaharning 8-sonli umumta’lim maktabida yoshlarni yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali o‘tkazish yuzasidan tasdiqlangan dastur asosida ishlar olib borilmoqda. Yoshlarni sport, madaniyat,
san’at, kitobxonlik, axborot texnologiyalari va kasb-hunar yo‘nalishlariga keng jalb etish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda. O‘rganish davomida tegishli tavsiyalar berildi