O‘rganish davomida markazda aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, navbatlar tizimi, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, markazda xizmat ko‘rsatish jarayonlarining samaradorligi, murojaatchilar uchun qulayliklar, kutish zallari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holati hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aholiga davlat xizmatlarini yanada sifatli va tezkor ko‘rsatish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur masala deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.