DEPUTATLIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MUHIM HUQUQIY ASOS
DEPUTATLIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MUHIM HUQUQIY ASOS
🫥 Deputatlik nazorati — davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan qonuniy nazoratni amalga oshirish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim vositadir.
🫥 Deputatlik nazoratining huquqiy asoslari:
💠 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; 💠 “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida”gi Qonun; 💠 “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari to‘g‘risida”gi Qonun; 💠 Amaldagi qonunlar va kodekslar; 💠 Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar.
Deputatlar ushbu huquqiy asoslar orqali:
💠 deputatlik so‘rovlari yuboradi; 💠 joylarga chiqib o‘rganishlar olib boradi; 💠 hisobot va axborotlarni eshitadi; 💠 muammolar yuzasidan takliflar kiritadi; 💠 fuqarolar murojaatlarini o‘rganadi.
🫥 Qonun ustuvorligi va samarali deputatlik nazorati — xalq manfaatlari himoyasining muhim kafolatidir.