Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Zafarobod tumanida muhim o‘rganish amalga oshirildi
янв.21
Zafarobod tumanida muhim o‘rganish amalga oshirildi
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashiga 1-"Bo'ston" saylov okrugidan saylangan deputat Z.Bozorboeva tomonidan Zafarobod tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarisiga “Zafarobod tumani markaziga kirib kelishdagi shox ko‘chani zamonaviy ko‘rinishga keltirish va zamonaviy (quyosh paneli asosidagi) tungi yoritgich chiroqlari o‘rnatish” loyihasi 1025 ta ovoz bilan g‘olib deb topilgan masala yuzasidan "Deputat so‘rovi" yuborildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi 16- Boqquduq saylov okrugi deputati B.Hamraqulov tashabbusi bilan Pistalikent mahallasi faollari bilan birgalikda 14-mart — Umumxalq xayriya hashari kuni munosabati bilan 1-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro Parmonova Dilfuza honadonida hashar tashkil etildi.
янв.21
Zafarobod tumanida ichki yo‘llar bosqichma-bosqich ta’mirlanadi.
янв.21
Zafarobod tumanida 2026 yilda mahallalarda katta o‘zgarishlar amalga oshiriladi!
янв.21
Birlik QFY ҳудудида ободонлаштириш ишлари олиб борилди
янв.21
“Deputatlik so‘rovi natijasi: Pistalikentdagi bir nechta ko‘chalar ta’mirlanadi”
янв.21
Zafarobod tumanida aholi muammolari o‘rganilmoqda
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

#24tavsiya

Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Jo‘rabek Hafizov tomonidan “Ziyokor” mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga ko‘rsatilayotgan yordam va xizmatlarning sifati yuzasidan fikr-mulohazalar o‘rganildi.

Deputat tomonidan ijtimoiy xodimning aholi murojaatlari bilan ishlash, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda manzilli yordamga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini kuchaytirish va fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2