Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zafarbod tumani Kengashi deputatlari B.Hamraqulov hamda S.Jo'raevalar Zafarobod tumani Pistalikent ShFYda yoshlar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining "Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Zafarobod tumani Birlik mahallasida targʻibot yigʻilishlari boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati I.Alimova ,,Birlik" QFY dagi xonadonlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari yuzasidan targ'ibot ishlari olib bordi.
янв.21
Zafarobod tumanidagi mahallalarda deputatlar aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlarni olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Аграр, қурилиш, коммунал соҳалар, экология, саноат ва транспорт масалалари бўйича" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Zafarobod tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limiga qarashli  3-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida тuman Kengashi deputati E.Narmatov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zafarobod tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi S.Inatova, tuman  hokimligi  DIN  yo‘nalishi bosh mutaxassisi F.Malikovlar ishtirokida  yig‘lish bo'lib o`tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati X. Ismatov saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YO‘L INFRATUZILMASINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA.
Avtomobil yo‘llarining qurilish ishlari o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026 – 2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qaroriga asosan respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan D006 va D014 avtomobil yo‘llarini G‘azalkent shahri yaqinida bir-biriga bog‘lash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva ishtirokida o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilot vakillari hamda pudratchilar bilan muloqot qilinib, qurilish ishlarining bugungi holati, bajarilayotgan texnik jarayonlar, belgilangan muddatlar hamda sifat masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔷Ta’kidlanganidek, mazkur yo‘llar tutashuvi hududda transport oqimini tartibga solish, harakatlanish uchun qulaylik yaratish, shuningdek, G‘azalkent shahri va Bo‘stonliq tumanining boshqa hududlari o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔷O‘rganish davomida deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan grafik asosida va sifat talablariga to‘liq rioya qilgan holda olib borish, aholi va haydovchilar uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirish, yo‘l atrofini obodonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🔷Shuningdek, loyihaning o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishi hududda iqtisodiy faollikni oshirish, turizm salohiyatini rivojlantirish hamda aholiga yanada qulay transport infratuzilmasini yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 8