Mazkur yig‘ilishda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda saylovchilar murojaatlarini tizimli hal etish masalalari muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan joylarda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, partiya dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Bu borada mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish davomida deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini chuqur o‘rganish hamda aholi bilan ochiq muloqotlarni muntazam o‘tkazish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Yakunda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.