Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashining 22-Boburtepa saylov okrugi deputati Z.Xudoyberdiyeva tomonidan Boburtepa mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
🔹 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
🔹 Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
🔹 Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilishi ta’kidlandi.
🔹 Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.