Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026 yil 2 fevral kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdan tashqari yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputatlari O‘.Boyjonova, X.Ismatovlar Yorqin mahalla fuqarolar yig'inidagi aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlarida mahalla yettiligiga ko'maklashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati Hamroqulov Bahrom Rahmonovich Pistalikent mahalla fuqarolar yig'inidagi aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlarida mahalla yettiligiga ko'maklashdi.
янв.21
2026-yil 29-yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi deputati E.U.Narmatov  tuman adliya bolimi YUXKM bosh yurist konsulti A.Isanov bilan hamkorlikda davra suhbati o'tkazildi.
янв.21
Joriy yil 26-yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati B.Hamraqulov tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-maktabda Pistalikent SHFY fuqarolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Joriy yilning 22-yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 17-sessiyasi o‘tkazildi..
янв.21
Joriy yilning 21-yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan nogironligi bo'lgan fuqarolar holidan xabar olindi.
янв.21
2026 yil 20 yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha" doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2026 yil 20 yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
#tavsiyalar_asosida_dxm
#tavsiyalar_asosida_dxm
Davlat xizmatlari markazi — bugun oddiy xizmat joyi emas, qulaylik va tezkorlik markazi sifatida ko‘zdan kechirildi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar markazda fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlarni joyida o‘rgandilar.

Bu yerda xizmatlar bir joyga jamlangan: pasport rasmiylashtirish, haydovchilik guvohnomasini (prava) olish, turli hujjatlar bo‘yicha murojaatlar — barchasi tez va aniq tartibda amalga oshiriladi.

Alohida e’tibor esa imkoniyati cheklangan fuqarolarga qaratilgan. Ko‘zi ojiz va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay panduslar, yo‘laklar, erkin harakatlanish imkoniyati va xizmat olishda yengillik yaratilgan. Bu yerda “qulaylik” so‘zi faqat yozuvda emas, amalda seziladi.

Navbat tizimi ham tartibli yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ortiqcha kutish va sarsonlikni kamaytirishga xizmat qiladi. Har bir murojaat — aniq jarayon, har bir xizmat — maqsadga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, markaz hududida bolalar maydonchasi ham tashkil etilgani e’tiborga molik bo‘ldi. Bu ota-onalar xizmatlardan foydalangan vaqtda bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratib berilganini anglatadi.

O‘rganish davomida markazdagi ish jarayoni oddiy xizmat emas, balki fuqaroga qulay hayot yaratishga qaratilgan tizim ekanligi yana bir bor yaqqol namoyon bo‘ldi
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 12