Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026-yil 29-yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi deputati E.U.Narmatov  tuman adliya bolimi YUXKM bosh yurist konsulti A.Isanov bilan hamkorlikda davra suhbati o'tkazildi.
янв.21
Joriy yil 26-yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati B.Hamraqulov tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-maktabda Pistalikent SHFY fuqarolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Joriy yilning 22-yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 17-sessiyasi o‘tkazildi..
янв.21
Joriy yilning 21-yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan nogironligi bo'lgan fuqarolar holidan xabar olindi.
янв.21
2026 yil 20 yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha" doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2026 yil 20 yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2026 yil 20 yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Joriy yilning 24-dekabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati,  madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
2025-yil 21-dekabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi raisi Gʻayratjon Eshpulatov hamda tuman Kengashi deputati Haroboy Ismatovlar tomonidan havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan Yorqin mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlari o'rganildi.
янв.21
25- yil 19-dekabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining VII-chaqiriq 16-sessiyasi bo'lib o'tdi.
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 4-Dalmun saylov okrugidan saylangan deputat O.SHerov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov va bosh mutaxassisi R.Murodovlar hamkorligida “Dalmunobod” mahallasi hududida joylashgan 21-Oilaviy poliklinikada aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
✔️O‘rganish jarayonida poliklinikada aholiga ajratilgan imtiyozli va bepul dori vositalarining tarqatilishi, ularning hisobini yuritish, dori zaxirasi hamda fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazib berilishi masalalari ko‘zdan kechirildi.
✔️Shuningdek, tibbiyot muassasasi mas’ullari bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ayniqsa ehtiyojmand toifadagi fuqarolarni dori-darmon bilan uzluksiz ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
✔️O‘rganish davomida markaziy dorixonadan olinadigan dori vositalarini saqlash va realizatsiya qilish xonasida shart-sharoitlar yetarli emasligi ya’ni sovutgich yo‘qligi muammosi mavjudligi aniqlanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan, tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Ya.Olimov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
✔️Ta’kidlanganidek, aholi salomatligini muhofaza qilish, ularni zarur dori vositalari bilan ta’minlash masalasi doimiy deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 7