Tuman ijtimoiy soxa obyektlaridagi bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida
2024 yilning 24 iyun kuni Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-son Qarori ijrosi doirasida Quva tumani Qorashox mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 44-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Tezkor shinam qurilish” XK tomonidan maktabning 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosini qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xolatni o‘rgandilar.
O‘rganishlar davomida deputatlar qurilish tashkiloti mas’ullariga barcha ishlarni vijdonan va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratish lozimligi yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar.
Deputatlar joylarda qaror va dasturlar asosida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy jamoatchilik nazoratini olib bormoqdalar.