Samarqandlik va xorazmlik deputatlar tajriba almashishdi
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish, oʻzaro tajriba almashish maqsadida Samarqand viloyati Kengashi deputatlari hamda viloyat, tuman (shahar) Kengashlari kotibiyati xodimlari 13-15 iyun kunlari Xorazm viloyatida boʻlishdi.
Deputatlar dastlab Shovot tumani Beshmergan mahallasida joylashgan Yusuf Hamadoniy ziyoratgohida boʻlishdi.
Soʻngra хalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi.