“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!”
Bugun 30-iyun yoshlar kuniga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shoiri ostida Uchquduq tuman Shalxar ovulida ham ma'naviy-ma'rifiy tadbir sport o'yinlari bilan start oldi. Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari R.Qodirova va K.Narchayevlar o'z tashabbuslari bilan ishtirok etishdi. Badiiy kechada va sport musobaqasida faol ishtirok etgan yoshlar deputatlar va tuman mas'ullari tomonidan munosib taqdirlandi.