Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati X. Ismatov "Yorqin" mahallasida tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha seminar tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati I. Alimova ,,Birlik" Q.F.Y.dagi xonadonlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari yuzasidan targ'ibot ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi deputatlari D. Chankayeva, I.Alimovalar aholi xonadonlarida yaratilgan sharoitlar hamda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati E.Narmatov "Birlik" QFYdagi "Solin" ko'chasida obodonlashtirish ishlari yuzasidan targ'ibot ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati O‘.Boyjanova, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli “Yorqin” ShFYdagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tashrif buyurib, bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi.
янв.21
2026 yil 2 fevral kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdan tashqari yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputatlari O‘.Boyjonova, X.Ismatovlar Yorqin mahalla fuqarolar yig'inidagi aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlarida mahalla yettiligiga ko'maklashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati Hamroqulov Bahrom Rahmonovich Pistalikent mahalla fuqarolar yig'inidagi aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlarida mahalla yettiligiga ko'maklashdi.
янв.21
2026-yil 29-yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi deputati E.U.Narmatov  tuman adliya bolimi YUXKM bosh yurist konsulti A.Isanov bilan hamkorlikda davra suhbati o'tkazildi.
Yo‘l xaritalari ijrosi deputat nazoratida

Yo‘l xaritalari ijrosi deputat nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” doirasida Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi manzilli o‘rganilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K.Abdullayeva, kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda bosh mutaxassis T.Murodov tumandagi “Nurafshon” MFY hududiga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Hududda toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Mazkur loyiha doirasida ichimlik suvi tarmog‘ini tortish uchun quvurlar (trubalar) olib kelinib joylashtirilgan bo‘lib, qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich davom etayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, piyodalar yo‘lakchasi qurish hamda energiya tejamkor tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish ishlari yakuniga yetgan. Yangi piyodalar yo‘lakchasi hudud aholisi uchun qulay sharoit yaratib, u yerda skameykalar, chiqindi tashlash uchun maxsus konteynerlar, shuningdek ko‘zi ojiz fuqarolar uchun maxsus taktil plitalar o‘rnatilgan.

Tashrif davomida Termiz tumani hududidagi 25-sonli maktabni rekonstruksiya qilish ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Loyiha doirasida 240 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurish hamda maktab hududini to‘liq o‘rash ishlari amalga oshirilmoqda.

Qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgani, obyektni 1-avgustga qadar topshirish rejalashtirilgani, shu bilan birga uni muddatidan avval foydalanishga topshirish uchun faol ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 9