Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026 yil 27 fevral kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n to‘qqizinchi sessiyasi tuman hokimligi binosida bo'lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarbod tumani Kengashi deputatlari B.Hamraqulov hamda S.Jo'raevalar Zafarobod tumani Pistalikent ShFYda yoshlar bilan uchrashdi.
янв.21
Zafarobod tumani Yorqin mahallasida tuman Kengashi deputati Gʻayratjon Eshpulatov tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarbod tumani Kengashi deputatlari B.Hamraqulov hamda S.Jo'raevalar Zafarobod tumani Pistalikent ShFYda yoshlar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining "Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Zafarobod tumani Birlik mahallasida targʻibot yigʻilishlari boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati I.Alimova ,,Birlik" QFY dagi xonadonlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari yuzasidan targ'ibot ishlari olib bordi.
янв.21
Zafarobod tumanidagi mahallalarda deputatlar aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlarni olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Аграр, қурилиш, коммунал соҳалар, экология, саноат ва транспорт масалалари бўйича" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 4 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashning sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, Prezidentimiz rahbarligida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatiga 2 mlrd dollar miqdorida investitsiya jalb etish, 425 ming aholini band qilish va eksport hajmini 320 mln dollarga yetkazish kabi muhim vazifalar belgilangan.

Shu bilan birga, Surxondaryoda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, infratuzilmani modernizatsiya qilish va mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish yo‘nalishlarida ham qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

So‘zga chiqqanlar korrupsiyaning oldini olish davlat va jamiyat hayotidagi barcha islohotlar samaradorligini taʼminlaydigan asosiy omil ekanini taʼkidladi.

Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda boshqaruvning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha ham Surxondaryoga alohida eʼtibor berilmoqda. Shu bois viloyat rivoji, aholi turmushi, kayfiyati uchun muhim bo‘lgan energetika, qurilish, kadastr kabi sohalardagi ishlar holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar ko‘rsatganidek, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, qurilishda mablag‘larni asossiz sarflash, davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish holatlari uchramoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda korrupsiyaga oid jinoyatlar soni 50 foizga ortib, ular asosan taʼlim, sog‘liqni saqlash va energetika sohalariga taalluqli ekanligi qayd etildi.

Milliy kengash aʼzolari va mutasaddi idoralar rahbarlari tomonidan ushbu holatlarni tizimli tahlil qilish, ularning sabablarini bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Majlisda viloyatda huquqbuzarlikning oldini olish, jinoyatchilikni kamaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Shu bilan birga, oilaviy nizolar oqibatidagi jinoyatlarning ortib borgani, bu borada “mahalla yettiligi” va huquq-targ‘ibot organlari bilan hamkorlikning sustligi, natijada profilaktik ishlar olib borilmaganligi tanqid qilindi. Shuningdek, firibgarlik, ayniqsa, kiberjinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Majlis yakunida masʼul rahbarlar zimmasiga barcha sohalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, aholi murojaatlarini tezkor hal etish hamda mahalliy Kengashlar faolligini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashgan bir qator rahbarlar hamda hokim yordamchilari kabi 14 nafar masʼul xodimga nisbatan faoliyatidagi kamchiliklar uchun intizomiy chora ko‘rish, ayrimlarini lavozimidan ozod etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 10