Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joriy yilning 22-yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 17-sessiyasi o‘tkazildi..
янв.21
Joriy yilning 21-yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan nogironligi bo'lgan fuqarolar holidan xabar olindi.
янв.21
2026 yil 20 yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha" doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2026 yil 20 yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
2026 yil 20 yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Joriy yilning 24-dekabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati,  madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
2025-yil 21-dekabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi raisi Gʻayratjon Eshpulatov hamda tuman Kengashi deputati Haroboy Ismatovlar tomonidan havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan Yorqin mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlari o'rganildi.
янв.21
25- yil 19-dekabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining VII-chaqiriq 16-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
2025-yil 18-dekabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha " doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Joriy yilning 17-dekabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi..
TA’LIM-TARBIYA INSON KAMOLOTI VA JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSIY SHARTI HAMDA GAROVIDIR

Ma’lumki, ota-bobolarimiz azaldan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti, jamiyat taraqqiyotining eng asosiy sharti hamda garovi deb bilgan. Chunki xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugungi olayotgan ta’lim va tarbiyasiga bevosita bog‘liq. Kelajak avlodni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan komil insonlar etib voyaga yetkazish esa ta’lim va tarbiya sohasining asosiy maqsadi hamda ustuvor vazifasidir.

Shu bois 9 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda ham ayni masalalarga yana bir bor e’tibor qaratildi.

Unda davlatimiz rahbari mamlakat kelajagi, iqtisodiyot rivoji, avvalo, bilimli avlodga bog‘liqligini alohida ta’kidlab, bog‘cha va maktablar qurish, zamonaviy o‘quv dasturlarini qo‘llash, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda yurtimizda o‘qituvchilarning mehnati qadrlanib oylik maoshiga 10 dan ortiq ustamalar joriy qilindi. Bugun o‘z ustida ishlagan 60 mingdan ortiq pedagog 10-12 million so‘m maosh, yangi baholash tizimi bo‘yicha ijobiy natija ko‘rsatgan 300 ta maktabning butun jamoasi 40 foizgacha ustama olmoqda.

Yil boshidan buyon xalqaro fan olimpiadalarida yurtimiz o‘g‘il-qizlari 195 ta medalni qo‘lga kiritgan. Xorijiy til egalari jalb qilingan mingdan ziyod maktabda til bo‘yicha sertifikat olgan o‘quvchilar soni bir yilda 2,5 barobar ko‘paygan.

Yig‘ilishda sohadagi islohotlarni davom ettirib, ta’limning barcha yo‘nalishlarida katta o‘zgarish qilish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Prezidentimiz bu yil maktabgacha ta’limda o‘rinlar sonini 182 mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgani, ularning 82 mingtasi yangi bog‘chalar hissasiga to‘g‘ri kelishi, qolgan 100 ming o‘rin eski bog‘chalarni ta’mirlash orqali hamda xususiy sektor ishtirokida tashkil etilishini bildirdi.

Buning uchun maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan tuman va shaharlarda bo‘sh yerlar auksionga chiqarilishi, ularda davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘chalar qurish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqilishi, bunday muassasalarga subsidiya berish, tarbiyachilar maoshini qisman qoplash tartibi joriy qilinishi belgilandi.

Yangi bino, sharoit bilan birga bog‘cha xodimlarining salohiyati ham shunga yarasha yuqori bo‘lishi kerakligi ta’kidlanib, yangi o‘quv yilidan o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun 5 kun ishlab, 1 kun o‘qiydigan bakalavr ta’lim shakli joriy qilinishi, bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming nafar oliy ma’lumotli mutaxassis kirib kelishi aytib o‘tildi.

Kelasi yili har bir viloyatda bog‘cha tarbiyachilarining pedagogik mahoratini oshirishga metodik ko‘maklashuvchi “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinadigan bo‘ldi.

Bundan tashqari yig‘ilishda maktab ta’limidagi sharoitlarni yaxshilash, yoshlar tarbiyasi va bandligi, yoshlarimizni kasb-hunarli qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, qator tashabbuslar ilgari surildi.

Bir so‘z bilan aytganda maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi sohasini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar tarbiyasi va bandligini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar meni bir deputat sifatida nihoyatda mamnun etdi. Chunki bularning barchasi yosh avlodning barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Akbar Axtamov,

Xalq deputatlari Samarqand

viloyat Kengashi deputati

#munosabat

Slide 1 of 1