Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 6-"Bog‘chilik" saylov okrugidan saylangan deputati X. Israilova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 5-"Yangiqishloq" saylov okrugidan saylangan deputati U. Dustova tashabbusi bilan muhim o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni Yoshlar kuni deb belgilangan.
янв.21
Zafarobod tumanida o'rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv
янв.21
Zafarobod tumanida sport sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Zafarobod tumanida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Zafarobod tumanida yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi oshmoqda.
янв.21
Yoshlar masalalari — e’tibor markazida!
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Ziyodbek Yunusov Farg‘ona tumanida yassitovonlik va skolioz kasalliklari tarqalganlik bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Ziyodbek Yunusov Farg‘ona tumanida yassitovonlik va skolioz kasalliklari tarqalganlik bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

🔷 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ziyodbek Yunusov, Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximov, “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimovlar bilan birgalikda Farg‘ona tumani hududida o‘rganish olib bordi.

🔷 O‘rganish davomida hududdagi 3-sonli davlat MTTning 320 nafar tarbiyalanuvchilari orasida yassitovonlik va skolioz kasalligi hamda MTTda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishilib, bolalarda yassitovonlik va skolioz kasalligi yuzasidan Farg‘ona tumani markaziy shifoxonasi va ko‘p tarmoqli poliklinikada bo‘lib, tuman Tibbiyot birlashmasi rahbariyati va mas’ul mutaxassislari bilan “Ohirgi 12 oy davomida bolalarning skolioz va yassitovonlik bo‘yicha tibbiy tekshiruv o‘tkazish holati”, “Bolalarda bu kasalliklarni oldini olish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar”, “Ota-onalarni mazkur kasalliklar haqida xabardorlik darajasi” haqida o‘rganish o‘tkazilib, mutaxassislardan skolioz va yassitovonlik kasalligini oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha taklif va ehtiyojlarga aniqlik kiritildi.

🔷 O‘rganishlar jarayonida aniqlangan muammolar, bildirilgan takliflar bo‘yicha “Deputatlik so‘rov”lari chiqarilishiga va deputatlik nazorati o‘rnatilishga kelishib olindi.

Slide 1 of 5