Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 6-"Bog‘chilik" saylov okrugidan saylangan deputati X. Israilova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 5-"Yangiqishloq" saylov okrugidan saylangan deputati U. Dustova tashabbusi bilan muhim o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni Yoshlar kuni deb belgilangan.
янв.21
Zafarobod tumanida o'rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv
янв.21
Zafarobod tumanida sport sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Zafarobod tumanida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Zafarobod tumanida yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi oshmoqda.
янв.21
Yoshlar masalalari — e’tibor markazida!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Yaqinda Prezidentimiz rahbarligida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan muhim yig‘ilish mamlakatimiz iqtisodiy hayotida tub burilish yasovchi tarixiy bosqichlardan biri bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ustuvor vazifalar nafaqat sanoat salohiyatimizni mustahkamlash, balki xalqimiz turmush darajasini yuksaltirish, hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni keng qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Deputat sifatida bu vazifalarni joylarda to‘laqonli amalga oshirish, ayniqsa, tumanimizdagi mavjud ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish, tadbirkorlarni innovatsion faoliyatga jalb etish va yoshlarni sanoat sohasiga kengroq yo‘naltirish orqali har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tarafdoriman. Bu boradagi har bir tashabbusni tuman Kengashi darajasida qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.

Shu bilan birga, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “mahalliy sanoat – bu xalq farovonligi, bu milliy iqtisodiyot tayanchi” degan yondashuvni hayotga tatbiq etish barchamiz – davlat tashkilotlari, xususiy sektor va jamoatchilik vakillarining o‘zaro hamkorligiga bog‘liq. Biz esa bu mas’uliyatli yo‘lda barcha sa’y-harakatlarni birlashtirishimiz zarur.

Albatta, oldinda turgan vazifalar ko‘p, ammo xalqimizning ertangi kuni, farovon va mustahkam jamiyat barpo etish yo‘lida bu islohotlar beqiyos ahamiyat kasb etadi. Biz barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, ushbu ezgu maqsadlar yo‘lida sidqidildan xizmat qilishimiz kerak.

Slide 1 of 1